Toshkent → Andijon: birga safar
Toshkent → Andijon yoʻnalishida yoʻli bir odamlar bir mashinada boradi va yoʻl xarajatini boʻlishadi. Haydovchilar tekshirilgan, raqamingiz yashirin.
Telegramda ochiladi. Ilova yuklab olish shart emas.
Qayerga borasiz?
Qayerdan va qayerga ketishingizni tanlang: xaritada yoʻnalish, masofa va bir joy narxi.
→
Qanday ishlaydi







Xavfsizlik birinchi oʻrinda
-
Tekshirilgan haydovchilar
Har bir haydovchining yuzi, mashinasi va davlat raqamini jamoamiz tekshiradi.
-
Mashinada ayol bor
Yoʻlovchi ayollar shunday safarlarni alohida topa oladi.
-
Raqamingiz yashirin
Yozishma va qoʻngʻiroq faqat Rida ichida. Qoʻngʻiroq yozib olinmaydi.
-
Yaqinlaringiz kuzatadi
Safaringizni oilangizga yuboring: ular mashina va safar holatini koʻradi.
-
Shikoyat va bloklash
Qoidani buzgan odam ustidan shikoyat qiling. Jamoamiz koʻrib chiqadi va kerak boʻlsa bloklaydi.
Koʻp beriladigan savollar
Toshkent → Andijon: bir joy qancha turadi?
Narx xaritada koʻrsatilgan: bu yoʻl xarajatiga qarab hisoblangan tavsiya etilgan narx. Aniq narxni haydovchi belgilaydi, yoʻlovchi haydovchiga oʻzi toʻlaydi.
Toshkent → Andijon safarini qanday topaman?
«Shu yoʻnalishda safar topish» tugmasini bosing. Telegramda Rida ochiladi va shu yoʻnalish boʻyicha safarlarni koʻrsatadi.
Mos safar boʻlmasa-chi?
«Xabar bering» tugmasini bosing. Shu yoʻnalishda yangi safar chiqqanda Rida sizga yozadi.
Rida taksimi?
Yoʻq. Haydovchi oʻz ishi bilan yoʻlga chiqadi va boʻsh joylarga yoʻlovchi oladi. Yoʻl xarajati hammaga boʻlinadi.
Narxni kim belgilaydi?
Haydovchi. Rida yoʻl xarajatiga qarab tavsiya etilgan narxni koʻrsatadi. Yoʻlovchi haydovchiga oʻzi toʻlaydi.
Haydovchi qanday tekshiriladi?
Haydovchi yuzi, mashinasi va davlat raqami rasmini yuboradi. Jamoamiz tekshiradi, shundan keyin safar eʼlon qilish mumkin.
Yoʻnalishlar
Toshkentdan har bir viloyat markaziga va orqaga. Yoʻnalishni tanlang: masofa, narx va safar topish tugmasi.